

Voqealar 2052-yilda kechadi. Insoniyat og‘riqsiz hayot yarataman deb “Hapna” nomli dori vositasini ommaga tarqatadi. Avvaliga hamma uni mo‘jiza deb o‘ylaydi — og‘riq yo‘q, hayot yengil. Ammo dorining asl ta’siri juda kech bilib qolingan: uni qabul qilgan har bir inson 30 kun ichida halok bo‘ladi. 🕒
Ana shu dahshatli haqiqatni ochiqlagan olim Dr. Skinner esa g‘oyib bo‘ladi. Uni va dori ta’sirini qaytaruvchi yagona davo topish uchun maxsus tuzilgan besh kishilik jamoa — “Lazarus” ishga tushadi. Ular turli quruqliklar, qora bozorlardagi jinoyatchilar, korporativ jinoyatlar va maxfiy guruhlar orasida haqiqatni izlashadi. Har bir epizod vaqtga qarshi kurash, xavfli qarorlar va o‘limga olib keladigan sarguzashtlar bilan to‘la. ⚡️
Serial vizual jihatdan juda uslubiy — neon ranglar, qattiq chizilgan harakatlar va Watanabe'ga xos musiqaviy atmosfera uni boshqalardan ajratib turadi. Hikoya nihoyatda shiddatli, lekin chuqur dramatik qatlamga ham ega: insoniyatning ochko‘zligi, texnologiyaga haddan tashqari ishonch va tirik qolish qadri haqida o‘ylantirib qo‘yadi.
Bu safar qahramonlar dunyoni qutqarish uchun yugurishmaydi — ular vaqt tugab borayotgan bir paytda oxirgi imkoniyatni qo‘lga kiritishga urinadi. 🌑🔥